“Kazinform” agentligining Qozogʻiston savdo va integratsiyalar vazirligi saytiga asoslanib yozishicha, ushbu tartib 2020-yil 3-oktyabrdan kuchga kiradi.
Mamlakat eksportida xomashyo boʻlmagan mahsulotlar ulushini kengaytirish va oshirish maqsadida Qozogʻiston savdo va integratsiyalar vazirligi industrial va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanayotgan subyektlarning mahalliy tovarlarni tashqi bozorga chiqarishda sarflagan xarajatlarini qoplash boʻyicha amaldagi tartiblarga qator tuzatishlar kiritdi.

Vazirlik matbuot xizmatidan maʼlum qilinishicha, joriy yil davomida ushbu tartib faol muhokama qilindi va biznes bilan hamkorlikda ishlab chiqildi. Aynan tadbirkorlarning takliflari bilan ularni qoʻllab-quvvatlash tartibi takomallashtirildi.
Yangi tartib boʻyicha hujjatlar toʻplami optimallashtirildi, xarajatlarning yangi turlari joriy qilindi, qoplanadigan tovarlar roʻyxati qaytadan tuzildi, shuningdek, xarajatlari qoplab berilgan korxonalarning ham javobgarligi belgilandi, deyiladi xabarda.
OʻzA