AQSH prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya koronavirusga chalindi. Bu haqda uning oʻzi Twitter sahifasida yozgan.
AQSH rahbarining maʼlum qilishicha, u va uning rafiqasidan infeksiya borligini aniqlash boʻyicha topshirilgan test ijobiy natija bergan. “Biz zudlik bilan karantin saqlashga va davolanishga kirishamiz. Biz kasallikni birgalikda yengib oʻtamiz!” — deya taʼkidladi u internet sahifasida.
Bundan avvalroq Oq uy rahbari yaqin maslahatchilaridan biri Xoup Xiksda koronavirus aniqlangani haqda yozgandi.
“Tinim bilmay ishlab kelayotgan Xoup Xiksda yaqindagina koronavirus aniqlandi. Dahshat!” — deb yozgandi Tramp. Shundan keyin prezident oʻzi va xotini infeksiya borligini aniqlash uchun test topshirganini va natijasini kutayotgani haqda qoʻshimcha qilgandi.
Xabarda Xoup Xiks prezidentning 29-sentyabrda Minnesotada boʻlib oʻtgan telebahsga borishida hamda 30-sentyabrda boʻlib oʻtgan mitingdagi ishtirokida hamrohlik qilgani aytilmoqda.