Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining bayonoti

Oʻzbekiston muqaddas Qurbon hayiti munosabati bilan Afgʻonistonda uch kunlik sulh eʼlon qilinganini olqishlaydi.
Ushbu muborak kunlarda oʻt ochishning toʻxtatilishi afgʻonlararo tinchlik muzokaralarini boshlash uchun zarur sharoit yaratishiga umid qilamiz.
Oʻzbekiston barcha afgʻon tomonlarini mamlakatning tinch kelajagi yoʻlida ushbu ezgu maqsadga erishishda oqillik va konstruktiv yondashuv namoyish etishga chaqiradi.
Oʻz navbatida, Oʻzbekiston Afgʻoniston xalqi bilan doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini yana-da mustahkamlash, afgʻonlararo siyosiy jarayonni har jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda tinch va farovon Afgʻoniston barpo etishda har tomonlama yordam koʻrsatishda davom etadi.

 

OʻzA