Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Senati Kengashining

q a r o r i

“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9 va 16-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi

Q A R O R Q I L A D I :

1. Quyidagilar:

Baxrom Abduvaliyevich Tangabayev oʻn yil muddatga;

Ibragim Mirzaraximovich Alimov muddatsiz davrga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy cudining sudyasi lavozimiga saylansin.

2. Quyidagilar:

Xurshid Iskandarovich Qosimov;

Alisher Abduxalimovich Jalilov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019-yil 12-oktyabrdagi SQ-520–III sonli Qarorining 1-bandidagi “maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati raisi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.

4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining Raisi

                                                             T.NARBAYEVA
Toshkent shahri,

2020-yil 13-iyul

 

OʻzА