Kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati joriy yilning 1-avgustiga qadar saqlab qolinadi

Respublika maxsus komissiyasi bir qator karantin qoidalarini yengillashtirgani haqida xabar bergan edik.
Shu bilan bir qatorda, jamoat joylarida tibbiy niqobdan va antiseptik vositalardan foydalangan holda harakatlanish boʻyicha sanitariya-gigiyena talabiga qatʼiy rioya etilishi, shu jumladan ijtimoiy masofani saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirish belgilanmoqda.
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratish tartibi, shuningdek, kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati joriy yilning 1-avgustiga qadar saqlab qolinadi.

 

O’zA