Joriy yilning 2-iyun kuni taxminan soat 11:37da Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Beruniy tumani, Beruniy koʻchasida joylashgan “Ikrom Aziz” MCHJga qarashli universal (propan-metan-solyarka) yoqilgʻi quyish shohobchasida yongʻin sodir boʻlgan.
Birlamchi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin natijasida yer ustida joylashgan 25 tonnalik 2 ta sigʻim va 2 ta “ZIL-130” yoqilgʻi tashish avtomashinalari yongan. Bundan tashqari, ushbu sigʻimlar yonida 10 tonnalik 3 ta boʻsh, taxminan 30-50 tonnalik 2 ta sigʻim joylashgan.
Mazkur holat yuzasidan voqea joyiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta yongʻin-qutqaruv guruhi yetib borgan.
Hozircha kelib chiqqan yongʻinning sababi yoqilgʻini quyishda yongʻin xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik deb taxmin qilinmoqda.
Jabrlangan va halok boʻlgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan.
OʻzA