O‘zbekiston san’at muzeyini rivojlantirishning yangi konsepsiyasi taqdim etildi

Tokio shahrida dunyoga mashhur yaponiyalik arxitektor Tadao Ando Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyini rivojlantirish konepsiyasiga doir takliflarini taqdim etdi.

Maʼlumki, poytaxtimizdagi muzeyni kompleks rekonstruksiya va modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.

Ushbu loyiha doirasida Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik qilmoqda. Yaponiyalik arxitektor Tadao Ando shular jumlasidan.

Uchrashuvda meʼmor tomonidan Venadagi “Albertina” muzeyi direktori Klaus Shryoder va “Alternativ Velt” kompaniyasi prezidenti Adrian Barsan bilan hamkorlikda tayyorlangan taqdimot namoyish etildi.

Davlatimiz rahbari ushbu loyihani muzey ishining zamonaviy talablari va meʼmorchilikdagi ilgʻor yechimlarni hisobga olgan holda tayyorlash yuzasidan oʻz taklif va tavsiyalarini berdi.

 

O’zA