“Umidavtolizing”ning navbatdagi o‘yini fosh bo‘ldi

Amudaryo tumani Mang‘it shahrida istiqomat qiluvchi B.Yu Nukus shahrida joylashgan “Umidavtolizing” korxonasi bilan “Kobalt” avtomashinasini olish maqsadida shartnoma tuzgan edi.
Fuqaro mashina pulining 50 foiz boshlang‘ich to‘lovi, ya’ni 56 mln. 250 ming so‘m o‘tkazgan, lekin shu kungacha korxona shartnoma shartlarini buzib kelayotganidan norozi bo‘lib, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga murojaat qilgan.
Mazkur murojaat inobatga olinib, maxsus topshiriqlar asosida Nukus shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. Natijada avtomashinaga oldindan to‘langan pul iste’molchining hisob raqamiga o‘tkazilib berildi.
Yana bir bor lizing xizmatlaridan foydalanishda ogohlikka chaqiramiz!
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi matbuot xizmati

 

O‘zA