2019/2020 o‘quv yilida 120 mingdan ortiq abiturient talaba bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-2020 o‘quv yili qabulida abiturientlar uchun bir qator imtiyoz va qulayliklar yaratilmoqda. 
Jumladan, yangi o‘quv yilida OTMlarga qabul kvotalari qariyb 20 foizga oshirilib, 120 mingdan ortiq abiturient talabalikka qabul qilinadi.
Rivojlanayotgan sohalar uchun zarur bo‘lgan hamda ish beruvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga qabul amalga oshirilmoqda.

 

O‘zA