O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 27 may kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
28 may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Prezidentlar shohsupaga ko‘tarildi. Davlat madhiyalari yangradi. Shavkat Mirziyoev va Frank-Valter Shtaynmayer faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi.
Marosimda O‘zbekiston va Germaniya rasmiy delegatsiyalari a’zolari, mamlakatimizdagi diplomatik korpus vakillari ham hozir bo‘ldi.
O’zA