Qatar – Oʻzbekiston hamkorlik muzokaralari boʻlib oʻtdi

4 mart kuni Doha shahrida amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qatar Tashqi ishlar vaziri Sulton bin Saad al-Mureyxiy bilan uchrashdi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga koʻra, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati, munosabatlarning istiqbolli rejalari hamda xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.
Muzokaralarda tomonlar soʻnggi vaqtlarda ikki tomon hamkorlik munosabatlari tez surʼatlarda rivojlanib borayotganini qayd etib, tashkil etilgan ushbu uchrashuv munosabatlarni mustahkamlanishiga xizmat qilishini alohida taʼkidladi.
Suhbatda Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yigʻilishini yuzasidan ham fikr almashildi.

 

OʻzA