Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevralda “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmon bilan Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi negizida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashkil etildi.
Shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmagan holda Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi tashkil etiladi.
OʻzA