Bugun atletlarimiz Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida boʻlib oʻtgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatidan qaytib keldi.
Poytaxtimizdagi “Janubiy” vokzalida polvonlarimizni keng jamoatchilik vakillari tantanali ravishda kutib oldi.
Avval xabar berganimizdek, terma jamoamiz vakillari musobaqa davomida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qoʻlga kiritgan edi.
Muhammad Amin (surat), OʻzA