Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Hadi Suleymanpur bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
H.Suleymanpur poytaxtimizga bugun oʻz ishini boshlagan “Markaziy Osiyo xalqaro transport koridorlari tizimida: amalga oshirilmagan imkoniyatlar va strategik istiqbollar” mavzusida xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun kelgan.
Vazirlik axborot xizmatining maʼlumotlariga koʻra, uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsion va transport-kommunikatsiya sohalarida mintaqaviy aloqalarni mustahkamlash doirasida Oʻzbekiston va IHT oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Gulnoza Boboyeva, OʻzA