AQSH DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV

2018-yilning 18-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSHning xalqaro diniy erkinliklar sohasidagi maxsus topshiriqlar boʻyicha Elchisi Samuel Deyl Braunbekni qabul qildi.
Suhbat chogʻida joriy yilning 27-iyul kuni Vashington shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar davomi sifatida diniy erkinliklar taʼminlanishi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Elchi Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan “Diniy bagʻrikenglik: Oʻzbekiston va AQSH tajribasi” mavzusidagi davra suhbatida ishtiroki toʻgʻrisida soʻzlab berdi.
Diniy erkinliklar amaliyotini yaxshilash sohasida hamkorlik masalasi, jumladan nohukumat tashkilotlari va tahliliy doiralar oʻrtasidagi aloqalar boʻyicha Oʻzbekiston-AQSH muloqotini davom ettirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.
Uchrashuvda AQSH Elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etdi.

 

O’zA