Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-sentyabr kuni Qirgʻizistonning Choʻlpon ota shahriga tashrif buyurdi.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.
Issiqkoʻl aeroportida davlatimiz rahbarini Qirgʻiziston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Kubatbek Boʻronov va boshqa rasmiy kishilar kutib oldi.
Shavkat Mirziyoyev bu yerda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etadi.
O’zA