Prezidentlar Tojikiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon “O‘zekspomarkaz”da tashkil etilgan Tojikiston sanoatmahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.
Ikki davlat ishbilarmonlari uchun o‘ziga xos maydonga aylangan ushbu ko‘rgazmadan turli sohalarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar mahsulotlari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-ishlab chiqarish markazlarining innovatsion loyiha va ishlanmalari o‘rin olgan.
photo5456323768940079426.jpg
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanmoqda. O‘zbekistondan Tojikistonga yengil avtomobillar, yuk mashinalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi, metallurgiya, elektrotexnika, qurilish mollari, oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati mahsulotlari eksport qilinayotgan bo‘lsa, Tojikiston mamlakatimizga qurilish materiallari, sement, alyumin kabi mahsulotlarni yetkazib bermoqda.
photo5456323768940079427.jpg
Prezidentlar ekspozitsiya bilan tanishar ekan, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishda bunday ko‘rgazmalar muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar. Ikki mamlakat iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida hamkorlik munosabatlarining kengaytirilishi ishlab chiqarish jarayoni takomillashishiga va mahsulotlarning yanada ommaviylashishiga xizmat qilishini ta’kidladilar.
photo5456323768940079431.jpg

 

Ziyodulla Jonibekov, Oqil G’ulomov (surat) O‘zA