Buyuk Britaniyaning mashhur “Wanderlust” sayyohlik jurnali “Reader Travel Awards” uchun dunyodagi eng sevimli manzillar reytingi bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi.
So‘rovnoma natijasiga ko‘ra, joriy yil 168 ming nafar sayohatchi 22 yo‘nalishda ovoz bergan. Jurnal o‘quvchilari o‘zlarining kelajakdagi sevimli yo‘nalishi uchun ham ovoz berishgan va O‘zbekistonni eng istiqbolli rivojlanayotgan yo‘nalish deb e’tirof etishgan.
Mazkur ro‘yxatda Albaniya ikkinchi, Qatar esa uchinchi o‘rinni egallagan, deyiladi O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi ma’lumotida.
Jurnalda O‘zbekiston o‘zining tarixiy boyliklaridan tortib, Qizilqum cho‘lining bepoyon kengliklari va Orol dengizi qirg‘oqlarigacha bo‘lgan ajoyib tabiiy manzaralarga ega ekani, biroq bu go‘zalliklar ko‘pincha e’tibordan chetda qolishi ta’kidlangan.
B.Xudoyberdiyev,
O‘zA