O‘g‘il-qizlarimiz sog‘lom tug‘ilib, ulg‘aysin ekan. Shundagina har bir ota-ona farzandining yurish-turishi, kulishidan zavq oladi, kamolini orzu qiladi.

Asli, bu dunyoda farzandi betob ona yuzidan-da g‘amginroq, mahzunroq qiyofa yo‘q. Mushtipar ayolga boqarkansiz, uning siniq nigohida adoqsiz dard soyasini ko‘rasiz. Ba’zan shirin so‘z ham taskin berolmaydigan onlarda kishi dardiga salomatlik ulashuvchilar – shifokorlargina chinakam malham qo‘ya oladi.

Bugungi kunda, ayniqsa, yosh bolalar orasida keng tarqalayotgan “autizm” kasalligi haqida ko‘pchilik eshitgan, albatta.

Ushbu tashhis qo‘yilgan jajji bemorlar tashqi olam, atrofdagilar bilan muloqot qilishni istamaydi. Yolg‘izlikni xush ko‘radi. Ko‘pincha bir xil hatti-harakat, so‘zlarni takrorlaydi. Autizmga chalingan o‘g‘il yoki qiz o‘z olamida yashaydi. Fikrlashi ham boshqalarnikiga o‘xshamaydi. Yurish-turishida hissiy kechinma asosiy o‘rin tutadi.

Xo‘sh, bu xastalikning kelib chiqishi sababi nimada va davosi qanday?

Autizmning oldini olish uchun ota-ona nimalarga e’tibor qaratishi zarur?

Davolanish jarayonida parhezning ahamiyati qanchalik muhim?

Yurtimizda shunday tashhis belgilangan bolalarga qanday imtiyoz bor?

Ayni dolzarb savollarga javob topish maqsadida tajribali bolalar nevropatologi, “O‘zbekiston sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibi Jamshid Saidovga yuzlandik.

Suhbatni O‘zAning “You Tube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.

O‘tkir Alimov, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA