Toshkent viloyatida joylashgan “Tuyabo‘g‘iz” suv ombori havzasida para kanoe bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan jami 70 nafarga yaqin para kanoechi g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordi. Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra, Toshkent viloyati jamoasi g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, Toshkent shahri va Farg‘ona viloyati jamoalari kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Qayd etish lozimki, ushbu chempionat kelgusi yil yurtimizda o‘tadigan yoshlar Paraosiyo o‘yinlari hamda bo‘lajak nufuzli xalqaro musobaqalar oldidan muhim tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA