Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Shahram G‘iyosovning ustozi Ravshan Xo‘jayev boks bo‘yicha Ozarbayjon erkaklar terma jamoasining yangi bosh murabbiyi vazifasiga tayinlandi.
Shu kungacha Ozarbayjon boks federatsiyasida texnik direktor lavozimida ishlab kelayotgan hamyurtimiz Ravshan Xo‘jayev kecha Ozarbayjon boks federatsiyasi yig‘ilishida keng jamoatchilikka yangi bosh murabbiy sifatida tanishtirildi.
Aytish lozim, 44 yoshli boks mutaxassisi R.Xo‘jayev xalqaro toifadagi sport ustasi hisoblanadi. Murabbiylik faoliyatini 1998 yildan boshlagan Xo‘jayev Ozarbayjon terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat ko‘rsatgan kubalik mutaxassis Pedro Rokening o‘rnini egalladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA