Saylovlar – bu demokratiyaning yuragi, xalqning o’z taqdirini o’z qo’liga olish imkoniyati.  Har bir ovoz-bu jamiyatning kelajagi uchun berilgan ovoz,  jamiyatimizni shakllantirishda ishtirok etish imkoniyati.  Afsuski,  ko’pincha  saylovlar  faqat  siyosiy  partiyalar  va  nomzodlar  o’rtasidagi  kurash  deb  qabul  qilinadi,  oddiy  insonlar  esa  o’z  ovozlarining  ahamiyatini  anglab  yetmaydi.  Ammo  haqiqat shundaki,  har  bir  insonning  ovozi  muhimdir.

Saylovda faol qatnashish -bu  faqat  o’z  huquqimizni  amalga  oshirish  emas,  balki  jamiyatimizning  kelajagini  shakllantirishda  ishtirok  etish  imkoniyati.  Biz  o’zimizning  ovozimiz  bilan  o’z  kelajagimizni, va  jamiyatimizning  kelajagini  belgilaymiz.  Biz  o’z  ovozimiz  bilan  o’z  mamlakatimizning  rivojlanishiga  hissa  qo’shamiz.

Shuning  uchun  har  bir  insonni  saylovda  faol  qatnashishga  chaqiraman.  O’z  ovozingizni  bering,  o’z  kelajagingizni  shakllantiring,  o’z  mamlakatimizni  rivojlantiring,  o’z  jamiyatimizni  o’zgartiring!

 

Shahlo Sabirova,

QDU Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti 4-kurs talabasi

 Qoraqalpog’iston axborot agentligi