FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida YUNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi va Madaniyat vazirligi hamkorligida qobuz qoraqalpoq xalq milliy cholg‘u asbobini tayyorlash va jirovchilik san’ati an’analarini saqlab qolish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazilmoqda.
Unda tajribali ekspertlar, san’atkorlar, usta-hunarmandlar, ilmiy tadqiqotchilar va jirovchilik san’atiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etayotir.
Loyihaning asosiy maqsadi bebaho milliy an’analar, uzoq asrlardan buyon bizgacha yetib kelgan xalq dostonlari, terma va to‘lg‘ovlar, noyob jirovchilik san’atini saqlab qolish, ularni keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazish, shuningdek, yosh avlod vakillari o‘rtasida jirovchilik san’atini keng ommalashtirish, dasturiy bilim va ko‘nikmalarni ularga yetkazishdan iborat.
Seminar-trening 27 oktyabrga qadar davom etadi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA