Aksiyadorlik tijorat Xalq bankining keyingi yillarda erishayotgan moliyaviy barqarorlik va yuqori o‘sish sur’atlari xalqaro nufuzli tashkilotlar tomonidan ham yuksak baholanmoqda.
Jumladan, jahonning eng nufuzli Xalqaro reyting kompaniyaci – “Standard&Poors” agentligi tomonidan o‘tgan yili Xalq bankining faoliyati V/V, BARQAROR reytingi bilan baholangan bo‘lsa, shu yilning iyul oyida bankning kredit reytingi yana bir pog‘onaga oshib, V+/V BARQAROR darajasida tasdiqladi.
Albatta, Xalq bankining xalqaro miqyosda e’tirof etilishida bankni davlat va hukumat darajasida qo‘llab-quvvatlanishi, ko‘plab imtiyoz va imkoniyatlar berilishining ahamiyati katta bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”giqaroriga asosan 2018-2019-yillarda Xalq banki ustav kapitalini 1,6 trillion so‘mga oshirish ko‘zda tutilgani fikrimiz isbotidir.
Bank axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
O’zA