Shu kunlarda hududlarda yoshlar bandligini ta’minlash va og‘ir toifaga kiritilgan yoshlar bilan ishlash holatini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi mamlakatimiz bo‘ylab o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Ular dastlab, mahallalarda yetakchilar faoliyati, yoshlarga yaratilgan sharoitlar, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va to‘garaklarga jalb qilish, yoshlar bandligini ta’minlash va og‘ir toifaga kiritilgan yoshlar bilan amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rgandi.
Shuningdek, safar davomida ishchi guruh a’zolari chekka tumanlarda ham bo‘lib, yoshlar bilan uchrashmoqda. Joylarda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish asnosida ularni qiynayotgan muammolarni ham o‘rganmoqda, ertamiz egalarining orzu-umidlari va maqsadlari bilan qiziqmoqda.
Dastlabki o‘rganish ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida olib borildi.
Ishchi guruhning asosiy vazifalaridan yana biri bitiruvchilar bandligi, “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlash hamda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsumi doirasidagi musobaqalarni o‘tkazilish holatini o‘rganish hamda kerakli ko‘nikmalarni berishdan iborat bo‘ldi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA