Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasi yuqori darajadagi haftaligi ochilmoqda. 19-23 va 26 sentyabr kunlari davlat rahbarlari, bosh vazirlar, tashqi ishlar vazirlari xalqaro tashkilotlar vakillari tadbirlarda ishtirok etadi.

Haftalik koronavirus pandemiyasidan keyin birinchi marta sanitariya cheklovlarisiz o‘tadi, qatnashchilar barcha tadbirlarda shaxsan ishtirok etishlari lozim, videomurojaatlarga ruxsat berilmaydi.

Anjumanni sessiya raisi Dennis Frensis va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ochib beradi.

Dastlab an’anaga muvofiq, Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvaga navbat beriladi, keyin AQSH rahbari Jo Bayden nutq so‘zlaydi. Amerika yetakchisi BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari ichida yagona o‘zi chiqish qiladi.

Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya va Fransiya birinchi shaxslari bu yil Nyu-Yorkka kelmagan.

19 sentyabrda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Bosh assambleyadagi chiqishi kutilmoqda.

Shuningdek, birinchi ish kuni Eron, Qozog‘iston va Qirg‘iziston rahbarlari so‘z oladi.