Kecha poytaxtimizdagi “Humo Arena” muz saroyida Toshkentning “Humo” xokkey klubi Qozog‘iston ochiq chempionati doirasida uchinchi tur uchrashuvida Karaganda shahrining “Sariarka” jamoasi bilan kuch sinashdi.

2023/2024 yilgi xokkey mavsumining Toshkentda o‘tkazilgan mazkur ilk o‘yinida poytaxtimiz xokkeychilari ishonchli g‘alabaga erishdi. Shiddatli kechgan bahs yakunida “Sariarka”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi va ochkolari sonini 6 taga yetkazib oldi.

Ortda qolgan 3-tur sarhisobiga ko‘ra, “Humo” 6 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, keyingi o‘rinda borayotgan “Aktobe” jamoasi 4 ochkoga ega bo‘lib turibdi. Ulardan keyingi pog‘onalardan joy olgan “Sariarka”, “Almati”, “TorpedoUK” jamoalari 3 ochko jamg‘argan.

Bugun, 14 sentyabr kechqurun “Humo Arena”da xokkey jamoamizning “Sariarka”ga qarshi ikkinchi o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, “Humo” jamoasi Qozog‘iston ochiq chempionatining dastlabki 9-10 sentyabr kunlari o‘tkazilgan ikkita turida Qozog‘istonning “Nomad” jamoasini 0:1 va 0:2 hisoblarida mag‘lub etgan edi.

T.Ro‘ziyev, 
O‘zA