Turkiyaning Istanbul shahrida yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi XVIII va ayollar o‘rtasidagi IV jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi.

Chempionatning erkaklar o‘rtasida yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar estafetasi musobaqasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 55.06 soniya natija bilan birinchi o‘rinni egalladi va milliy rekordni yangiladi.

Shuningdek, ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 4-qavatiga ko‘tarilish, 100 metrga to‘siqlar osha yugurish va jangovar yoyilish turi bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi.

Ushbu natija orqali O‘zbekiston terma jamoasi mazkur nufuzli musobaqada 20 dan ortiq jamoa orasida 1 oltin va 3 bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA muxbiri