FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani Do‘stlik mahallasida joylashgan sport maktabi o‘yingohida mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Bayram shodiyonasida tuman hokimligi mas’ullari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tuman Kengashi deputatlari, tumandagi davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, fuqarolar yig‘inlari raislari, tadbirkorlar, nuroniylar, faol yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tadbirda tuman hokimi vazifasini bajaruvchi Rashid Salayev nutq so‘zlab, barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan qizg‘in muborakbod etdi.
Iste’dodli san’atkorlar, havaskor yoshlar va badiiy jamoalar ishtirokidagi Vatan, mustaqillik, tinchlik va do‘stlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar, dilbar raqslar barchaga xushkayfiyat ulashdi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA