Bugun bir guruh ommaviy axborot vositalari xodimlari Bo‘stonliq tumanida joylashgan Yoshlar oromgohiga tashrif buyurdi.
Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishga qaratilgan “Ibrat camp Top 100 Universitetlar” loyihasining yozgi uchinchi mavsumi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu loyiha ishtirokchilarga jahonning eng nufuzli oliygohlariga kirish va o‘qish uchun grant yutishda kerakli maslahat, bilim hamda ko‘nikmalarni o‘rgatishga qaratilgan.
Press-tur ishtirokchilariga “IBRAT Academy” ilovasi taqdimoti o‘tkazildi. Ilovadan foydalanish mutlaqo bepul bo‘lib, xorijiy tillarni tez va o‘zbek tilida oson o‘rganish mumkin.
Shuningdek, jurnalistlar dars jarayonlari va tadbirlarda ishtirok etdi, mentor va loyiha qatnashchilari bilan suhbatda bo‘ldi.
Mohigul Qosimova,
Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA