Nazorat tadbirlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, tumandagi “Max Gaz Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.
Xususan, ushbu jamiyatga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida o‘rnatilgan gaz sarfini o‘lchash kompleksiga tashqi ta’sir ko‘rsatilgan.
Mazkur noqonuniy holat natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 3 milliard 854 million 433 ming so‘m (3 million 854 ming 433 metr kub)ni tashkil etgan.
Tahlillarga ko‘ra, ushbu hajmdagi tabiiy gaz bilan 19 mingdan ziyod xonadonning bir oylik ehtiyojini qondirish mumkin.
Mazkur holat bo‘yicha hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
N. Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA