Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani “Do‘rman” ovul fuqarolar yig‘inida ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlari komissiyalari vakillari ishtirokida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman bo‘limining “Obod mahallam” loyihasi doirasida o‘quv-seminar tashkil qilindi.
“Mahallalarda obodlikni ta’minlash, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholining tibbiy va ekologik madaniyatini oshirish” mavzusidagi loyihaning amalga oshirishdan asosiy maqsad – atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan hamkorlikda jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishdan iborat. Bu borada aholining ekologiyaga oid bilimlarini kengaytirish maqsadida uchrashuvlar, davra suhbatlari, tanlovlar tashkil qilinib, obodonlashtirish va atrof muhit muhofazasiga hissa qo‘shib kelinmoqda.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA