Joriy yilning 9 avgustigacha davom etadigan Universiada o‘yinlarida 110 dan ortiq davlatning 5000 nafardan ziyod talaba-sportchilari 18 ta sport turi bo‘yicha bahslashadi.
Mazkur kompleks musobaqalarda O‘zbekiston sport delegatsiyasi 7 ta sport turida qatnashadi. Ishtirokchi sportchilar soni 77 nafarni tashkil etmoqda.
Yurtimiz sportchilari Xitoyda o‘tadigan Universiada o‘yinlarida dzyudo, taekvondo, tennis, sport gimnastikasi, yengil atletika, qilichbozlik, ushu sport turlarida g‘oliblik uchun maydonga chiqadi.
Talaba-sportchilarimiz orasida jahon va qit’a chempionlari, xalqaro turnirlar sovrindorlari borligi natijalar yuqori bo‘lishiga qaratilganidan darak beradi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA