Davlatimiz rahbari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, qator yangiliklar yuz berishi kutilmoqda.

Bog‘chalardagi oliy ma’lumotli tarbiyachilar oyligining o‘qituvchilar oyligiga tenglashtirilishi, maktabga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan o‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash,  davlat bog‘cha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinishi va shu kabi qator yangiliklar yuz beradi.

Shuningdek,  bola tug‘ilganidan boshlab maktabga onlayn hisobga qo‘yish tartibi joriy etiladi. Bu haqda O‘zA muxbiriga ma’lumot berildi.

 

M. Eshmirzayeva, N.Abduvoitov, I.Ismatov