Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan matbuot anjumanida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mutasaddilari, Geologiya fanlari universiteti rektori va professor-o‘qituvchilari sohaga tegishli ma’lumotlarni taqdim etdi.

Ta’kidlanishicha, universitet talabalari birinchi bosqichdanoq o‘z ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha 4 ta ilmiy-tadqiqot instituti hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi tashkilotlarga ishga joylashishlari mumkin.

Geologiya fanlari universiteti tarkibida 4 ta ilmiy-tadqiqot instituti faoliyat yuritadi. Universitet hozirgi kunga qadar dunyoning 25 ta nufuzli oliy ta’lim muassasasi va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolagan.

Sohaning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, O‘zbekiston oliy ta’lim yo‘nalishida birinchi marta ta’lim jarayonining 70 foizi amaliy mashg‘ulotlarga ajratilgan.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA