O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 23 iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 34-36 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddali yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi  joylarida shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi.  Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi  joylarida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.  Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan   sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi  joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.  Kechasi 22-27 iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq, Surxondaryo viloyatida 42-44 darajagacha issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.  Kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi .

 

O‘zA