O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, o‘zbekistonliklar qatorasiga besh kun – 2023 yilning 28 iyunidan to 2 iyuligacha dam olishadi.
28 iyun – Qurbon hayitining birinchi kuni.
29-30 iyun – qo‘shimcha dam olish kunlari.
1 iyul – haftada olti kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.
2 iyul – yakshanba kuni esa kalendar bo‘yicha dam olish kuni.
Shu bois o‘zbekistonliklar bu yilgi Qurbon hayiti munosabati bilan besh kun dam olishadi.
O‘zA