O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, o‘zbekistonliklar qatorasiga besh kun – 2023 yilning 28 iyunidan to 2 iyuligacha dam olishadi.

28 iyun – Qurbon hayitining birinchi kuni.

29-30 iyun – qo‘shimcha dam olish kunlari.

1 iyul – haftada olti kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

2 iyul – yakshanba kuni esa kalendar bo‘yicha dam olish kuni.

Shu bois o‘zbekistonliklar bu yilgi Qurbon hayiti munosabati bilan besh kun dam olishadi.

                                                                                                   O‘zA