O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Aholining yengil avtotransport vositalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, ishlab chiqarilganiga 1 yilдан oshmagan, dvigatel hajmi 1 200 sm kubdan yuqori bo‘lmagan yangi yengil avtotransport vositalari uchun (TN TIF kodi 8703 21 10, 8703 22 10 va 8703 31 10) 2026 yil 1 yanvarga qadar quyidagi bojxona boji stavkalari belgilanmoqda:
1 000 sm kubгача — 0 foiz (amalda – 15 foiz + 0,4 AQSH doll/kub sm);
1 000–1 200 sm kub — 5 foiz (amalda – 15 foiz + 0,6 AQSH doll/kub sm).
Natijada dvigatel hajmi 1 000 sm kubgacha bo‘lgan avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarining jami miqdori amaldagi 39–43 foizдан 19–23 foizгача, dvigatel hajmi 1 000–1 200 sm kub bo‘lgan avtomobillar uchun esa 44–52 foizдан 30–36 foizгача kamayadi.
O‘zA