Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ishonchli vakili Bayrambay Otemuratov Qonliko‘l tumanida saylovchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ishonchli vakil saylovchilarni nomzodning saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi. Dasturdan o‘rin olgan beshta ustuvor maqsadni qamrab olgan asosiy yo‘nalishlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida  2030 yilga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalari haqida ma’lumot berildi. Jumladan, mahalla va ovullarda 6 ming kilometr yo‘l hamda 150 ko‘prik ta’mirlanishi, 5 ming kilometr elektr tarmog‘i, 1 ming 350  transformator va 10 podstansiya yangilanishi,  70 ming xonadonga ega 2 mingta ko‘p qavatli uylar  qurilishi, barcha ijtimoiy va davlat idoralari hamda 17 ming xonadonda 55 megavatt quvvatli quyosh paneli o‘rnatilishi belgilangani qayd etildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda agrotexnologiyalar va muhandislik yo‘nalishlarida yetakchi xorijiy oliygohlarning filiallari hamda Nukusda raqamli texnologiyalar instituti ochilishi ta’kidlandi. Isho‘onchli vakilning aytishicha, ta’lim sohasining asosiy tayanchi bo‘lgan aziz va mo‘’tabar muallim va murabbiylar, oliygoh professor o‘qituvchilarining mashaqqatli mehnati bundan buyon ham munosib rag‘batlantirib boriladi. Aholining mol-mulk va yer soliqlaridan qarzdorliklari bo‘yicha 500 milliard so‘m penya kechib yuboriladi. “Mahallaning moliyaviy mustaqilligini oshirish bo‘yicha ham qator yangiliklar qilinadi. Bu borada, aholidan yig‘iladigan mol-mulk va yer soliqlari yagona mulk solig‘i bo‘lib birlashadi va aholidan undiriladigan qismi mahalla byudjetiga to‘liq o‘tkaziladi. Bu – Qoraqalpog‘istondagi mahallalar ixtiyorida har yili 230 milliard so‘mdan qo‘shimcha mablag‘ qoladi, degani.

Tadbir yakunida ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturida ilgari surilgan ustuvor vazifalar, takliflar xalqimizning turmush sifatini yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Saylovchilarni Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga chorladi.

Ishonchli vakilning saylovchilar bilan uchrashuvi Nukus tumanida ham bo‘lib o‘tdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri