Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi ishchi xodimlarining 120 nafar farzandi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi “Quyoshli” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida hordiq chiqaradi.

“Quyoshli” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hududidagi dengiz sathidan 1400 metr balandlikda Chimyon tog‘ yon bag‘rida joylashgan. Bu yerda bolalarni jismonan chiniqtirish, bilim hamda ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Xususan, suzish havzasi, futbol va voleybol maydonchasi, tennis korti, kutubxona, internetga ulangan kompyuter xonasi, xoreografiya zali, vokal xonasi, ochiq va yopiq maydonchalar, to‘garak xonalari, qulay va shinam yotoq binolari, oshxona – bolajonlar xizmatida.

Oromgohda sport musobaqalari, turli viktorinalar, tanlovlar hamda ijodiy kechalar kabi bir qator turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtiriladi.

 

Dovud ABIBULLAEV,  

O‘zA muxbiri.