Amerikalik mashhur moliyachi Jorj Soros 25 milliard dollarlik jamg‘arma imperiyasi nazoratini kichik o‘g‘liga topshirmoqda, deb yozdi “The Wall Street Journal”.

O‘tgan yil dekabrda 92 yoshli milliarderning “Ochiq jamiyat” jamg‘armasi direktorlar kengashiga uning o‘g‘li Aleksandr rais qilib saylandi. Shu tariqa 37 yoshli Aleks ushbu lavozimni otasidan qabul qilib oldi.

Hozir Soros siyosiy harakatlari qo‘mitasi prezidenti lavozimini egallab kelmoqda.

“RIA Novosti! Yozishicha, Aleks “Soros Fund Management” kompaniyasini nazorat qiluvchi investitsiya qo‘mitasida ham oilaning yagona vakili hisoblanadi. Kichik Soros ilk intervyusida amerikalik so‘l siyosatchilarni qo‘llab-quvvatlashi, AQSHning ichki siyosatidan tashqarida qolmasligini ta’kidlagan.