Mamlakatimizda keskin issiq ob-havo sababli poyezdlar harakati tezligiga cheklovlar joriy etiladi. Bu paytda poyezdlar sovitish tizimining ishlash quvvati ham pasayishi mumkin.
“O‘ztemiryo‘lovchi” kompaniyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda kuzatilayotgan keskin issiq ob-havo sababli poyezdlar harakati tezligiga cheklovlar joriy etiladi.
Xabarda qayd etilishicha, harorat ko‘tarilishi oqibatida yer usti temir yo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘ladi. Shu bois, yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi.
Harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar sovitish tizimining ishlash quvvati ham pasayishi mumkin. Kompaniya o‘z mijozlaridan anomal issiqlik tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Sh.Mamaturopova, O‘zA