Norvegiyaning Stavanger shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Norway Chess” turniri yakuniga yetib bormoqda.

Bugun, 9 iyun kuni xalqaro turnirning so‘nggi 9-tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov mezbonlar vakili, sobiq jahon chempioni Magnus Karlsenga qarshi qora donalarda bahs yuritadi.

Aytish lozim, ortda qolgan turlar sarhisobiga ko‘ra, Nodirbek Abdusattorov 9,5 ochko bilan 9-o‘rindan joy olib turibdi. Karlsen esa 10,5 ochko bilan 6-pog‘onada bormoqda. Xalqaro turnirda Fabiano Karuana 16 ochko bilan yakka peshqadamlik qilmoqda.

 

T.Ro‘ziyev, O‘zA