Vazirlar Mahkamasining “Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish jarayoniga raqamli texnologiyalar keng joriy etilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 22 noyabrdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq, yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishda talab etiladigan hujjatlarni taqdim etish tartibi bekor qilinadi.

Yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari to‘liq raqamlashtiriladi.

Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarni elektron shaklga o‘tkazish orqali qog‘oz shaklidagi guvohnoma blankalaridan voz kechiladi.

Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtiradi.

O‘zA