Xalqaro valyuta jamg‘armasi taqsimlovchi-direktori Kristalina Georgiyeva shanba kuni bayonot berib, XVJ mutaxassislari tomonidan Markaziy, Sharqiy va Janubi-sharqiy Yevropa mamlakatlarida YAIM o‘sish sur’ati ancha sust bo‘lishi taxmin qilinayotganini ma’lum qildi.
Dubrovnikda mintaqadagi iqtisodiy vaziyatga bag‘ishlab o‘tkazilgan konferensiyada so‘zga chiqar ekan, Georgiyeva ko‘hna qit’a chuqur iqtisodiy qiyinchilikka duch kelishini ta’kidladi. U XVJning joriy prognozini pandemiya oldidan bildirilgan farazga tenglashtirdi va mintaqada YAIM ko‘rsatkichi 2024 yil 3,5 foizdan ham kamayishini ma’lum qildi.
Taqsimlovchi direktor Yevropaning yuqorida sanab o‘tilgan hududlari uchun bir necha muhim jihatni ajratib ko‘rsatdi. “Qayta tiklanish sust kechishi, barqaror inflyatsiya va yuqori darajadagi mavhumlik” shular jumlasidan, dedi u. Bundan tashqari mintaqada energetika xavfsizligi, iqtisodiy fragmentatsiya va giosiyosiy keskinlik bilan bog‘liq muammolar ham mavjudligi aytildi.
Darvoqe, Markaziy, Sharqiy va Janubi-sharqiy Yevropa mamlakatlari, deganda Albaniya, Belarus, Bolgariya, Bosniya va Gersegovina, Vengriya, Latviya, Litva, Moldova, Polsha, Rossiya, Ruminiya, Shimoliy Makedoniya, Serbiya, Slovakiya, Sloveniya, Turkiya, Ukraina, Xorvatiya, Chernogoriya, Chexiya va Estoniya nazarda tutilgan.