Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Yaponiyaning Okinava oroli tomon birinchi sun’iy razvedka yo‘ldoshini uchirdi. Bu haqda Yaponiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Janubiy Koreya harbiylari, o‘z navbatida, gap sun’iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqishi kerak bo‘lgan raketa haqida ketayotganiga aniqlik kiritmoqda.

Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan raketa qulab tushganini ma’lum qildi. Qurilmaning yo‘nalishi va taxminiy zarba hududi Yaponiyadan tashqaridan bo‘lgan.

Muvaffaqiyatsizlik sababi sifatida dvigatelning nosozligi va yonilg‘i xususiyati beqarorligi ko‘rsatilmoqda.

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida raketa uchirilishi tufayli yetkazilgan zarar haqida xabar yo‘qligini aytdi. Shunday bo‘lsa-da, hukumat rahbari ma’lumotni to‘plash va jamoatchilikka yetkazish, samolyot va kemalar xavfsizligini ta’minlash, turli kutilmagan holatlarga tayyor bo‘lishga ko‘rsatma berdi.

Shimoliy Koreya joriy yil o‘n uchinchi bor raketa sinovini o‘tkazdi.

Pxenyan 11 iyunga qadar harbiy yo‘ldoshni qayta uchirishi mumkin, deb yozgan “Yonhap” agentligi mahalliy manbalarga tayanib.

O‘zA