Bugun, 25 may kuni Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqubning mamlakatimizga davlat tashrifi yakunlandi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash dasturlarini amalga oshirish, jamoat xavfsizligi va madaniy-gumanitar almashinuv bo‘yicha muloqotlarni faollashtirish masalalariga katta e’tibor qaratildi.
Singapur Prezidenti bugun Samarqand shahriga tashrif buyurdi, qadimiy va hamisha navqiron kentdagi muqaddas qadamjolar, tarixiy madaniy yodgorliklarni ziyorat qildi. Shahardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
O‘zA