FOTOREPORTAJ

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan talabalar uchun “Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Mingga yaqin o‘g‘il-qiz ishtirok etgan tadbirda IT ta’limi sohasidagi yangi imkoniyatlar, xalqaro va nufuzli IT kompaniyalarga ishga joylashish, “LinkedIn” tarmog‘idan samarali foydalanish, “President Tech Award” tanlovi to‘g‘risida keng ma’lumot berildi.

Faol yoshlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbir doirasida, soha korxonalari va IT-Park rezidentlari bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA