Bugun, 24 may tunda 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Argentinada o‘tayotgan jahon chempionatining 2-turida O‘zbekiston terma jamoasi Yangi Zelandiya jamoasi bilan o‘tkazgan uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuvning 1-bo‘limida terma jamoamiz yoshlari hujumkor o‘yin namoyish etgan bo‘lsa-da, Yangi Zelandiya jamoasi futbolchilari terma jamoamiz himoyachilarining xatosidan unumli foydalandi va hisobni 2:0 bo‘lishini ta’minladi.

2-bo‘limda hamyurtlarimiz munosib o‘yin nomayish etib, 51-daqiqada Abbosbek Fayzullayev va so‘nggi daqiqada Sherzod Esanovning kiritgan goli evaziga o‘yinni 2:2 hisobida yakunlashga erishdi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 3-turda Gvatemala jamoasi bilan ro‘baro‘ keladi. O‘yin 27 may kuni o‘tkaziladi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA